16/05/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida 38,7 mln yoʻlovchi tashilgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 11,3 mln nafarga koʻp.

2023-yil yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 430,1 ming nafar yoʻlovchilar tashilgan boʻlib, 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,3 % koʻp.