Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 6 ta xorijiy davlatga qiymati 5,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 471 dona yuk avtomobillarini eksport qilgan.
Yuk avtomobillari eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 377 taga oshgan.
Oʻzbekiston 2023-yilning dastlabki 3 oyida eng koʻp yuk avtomobillarini eksport qilgan davlatlar:
Qirgʻiz R. – 322 dona
Qozogʻiston – 122 dona
Ozarbayjon – 14 dona
Tojikiston – 10 dona