16/05/2023

2023- yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha hududlar kesimida jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida mashina, uskuna va inventarlarning ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Boyovut tumanida kuzatildi – 84,2 % yoki 2 692,6 mlrd. so‘m.

Mashina, uskuna va inventarlarning ulushi bo‘yicha eng quyi daraja Mirzaobod tumanida kuzatilib, 39,8 % yoki 40,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, Sirdaryo tumanida qurilish-montaj ishlariga xarajatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich – 67,7 % yoki 151,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.