Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yil 1- aprel holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 50 856 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 153,9 foizni tashkil etdi. So’nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:
2019- yilda – 33 041 ta
2020- yilda – 39 744 ta
2021- yilda – 44 690 ta
2022- yilda – 47 365 ta
2023- yilda – 50 856 ta