27/04/2023

2023-yilning 1- aprel holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni 4 220 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 31,1 % ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 212 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 1 251 ta

Sirdaryo tumani – 539 ta

Guliston tumani – 351 ta

Boyovut tumani – 345 ta

Yangiyer shahri – 316 ta

Mirzaobod tumani – 309 ta

Sayxunobod tumani – 295 ta

Oqoltin tumani – 251 ta

Sardoba tumani – 248 ta

Xovos tumani – 203 ta

Shirin shahri – 112 ta