Joriy yilning 17- aprel kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida, Sardoba tumani, Yurtdosh MFY ga tashrif buyurib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan Orasta ko‘chasi, 105/1- uyda istiqomat qiluvchi Boysariyev Jaxongir xonadonida respondent Boysariyeva Gulnora, Yangi asr ko'chasida istiqomat qiluvchi O'rolov Ergash xonadonida respondent O'rolova Nargiza bilan planshet qurilmasi orqali uy xo‘jaligi savolnomalarini o‘tkazdi.