17/04/2023

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, MCHJ va xususiy korxonalardan keyin - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-aprel holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 9,8 foiz ulushini tashkil etdi. Ularning dinamikasi esa so‘nggi yillarning mos davriga quyidagicha:

2019- yilda – 18 634 ta

2020- yilda – 30 904 ta

2021- yilda – 45 932 ta

2022- yilda – 54 026 ta

2023- yilda – 47 378 ta