Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlarni ishlab chiqarish sohasining
ulushi – 3,0 % (2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 81,1 %).
Boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi – 7,3 % (2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 67,0 %).
To‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 46,4 % (2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 108,6 %).
Oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 35,6 % (2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 114,0 %).
Kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi – 0,7 % (2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 45,3 %) ni tashkil etdi.