13/04/2023

Joriy yilning 13- aprel kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi oʻrinbosari S.Yaxyayev intervyuyer Nurullayeva Barno bilan birgalikda uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida, Xovos tumani Xovosobod MFY ga tashrif buyurib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan Saxar ko‘chasi, 4-uyda istiqomat qiluvchi Tursunboyev Mirzaboy xonadonida respondent bilan planshet qurilmasi orqali uy xo‘jaligi savolnomalarini o‘tkazdi.