12/04/2023

Sirdaryo viloyatida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar egallaydi. 2023-yilning yanvar-fevral oylarida ularning ulushi 34,2 % ni tashkil etdi.

Shu bilan birga, yuqori sur’atlar savdo (23,8 %), transport xizmatlari (12,8 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida (6,1 %) qayd etildi.