06/02/2023

 Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi”ga bagʻishlangan navbatdagi maʼnaviyat soati oʻtkazildi.

Ushbu maʼnaviyat soatida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov, boshqarma va tuman-shahar bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.

Maʼnaviyat soatida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov so‘zga chiqib, ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tish, ta'lim tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, odil sudlov sifatini oshirish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan Murojaatnomada ilgari surilgan g'oya va tashabbuslar haqida batafsil so'z yuritdi.