2022– yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 14,4 ming t. uzum (2021– yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.
Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 82,0 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.