27/01/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 9,2 mln. tonnani tashkil etgan.

Tranzit yuklarning 7,5  mln. tonnasi temir yoʻl transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 81,8 %) tashilgan.

Tranzit yuklarning 1,7 mln. tonnasi (jamiga nisbatan 18,2 %) avtomobil transporti orqali tashilgan.