23/01/2023

Joriy yilning 20-yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasida, boshqarma xodimlariga, “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyani oldini olish” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminarda, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Axrorov, boshqarma va tuman-shahar bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Axrorovga berdi.

A.Axrorov, korrupsiya so‘zi qanday tushuncha ekanligi, nimani anglatishini, qanday oqibatlarga olib kelishi haqida shuningdek, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-419 sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha  faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari to‘g‘risida, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sahalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohatlar amalga oshirilayotganligi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni bilan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elktron reestri” yuritilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli qarori to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirib berdi.

Seminar savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Seminar yakunida xodimlar tomonidan berilgan barcha savollarga A.Axrorov javob berib o‘tdi.