Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 15 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 589 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
Yuk avtomobillari eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 137 taga kamaygan.
Oʻzbekiston 11 oyda yuk avtomobillarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston — 227 ta
Qirgʻiz R. — 138 ta
Tojikiston — 80 ta
Ozarbayjon — 66 ta
Belarus — 66 ta