Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga qiymati 87,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,1 mln. tonna sement import qilingan.
Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 420 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 11 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Tojikiston – 903 ming tonna
Qirgʻiz R. – 623,5 ming tonna
Qozogʻiston – 558,6 ming tonna
Eron – 17,6 ming tonna
Turkmaniston – 12,7 ming tonna
Xitoy – 1,4 ming tonna
Rossiya – 1,1 ming tonna