Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 181,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,7 mln. dona mobil telefon import qilingan.
Oʻzbekistonga mobil telefonlar importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 185 mingtaga oshgan.
Oʻzbekiston 11 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 2,1 mln. dona
BAA – 247,5 ming dona
Vyetnam – 199 ming dona
Hindiston – 175 ming dona