Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 478,3 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp kartoshka import qilgan davlatlar:
Pokiston – 259,1 ming tonna
Qozogʻiston – 155,1 ming tonna
Qirgʻiz R. – 30 ming tonna
Rossiya – 15 ming tonna
Niderlandiya – 6,4 ming tonna
Eron – 5,6 ming tonna
2022-yil yanvar-sentyabr oylarida respublikamizda 2,6 mln. tonna kartoshka yetishtirilgan.