2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 10625,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 110,8 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 57,7 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 6128,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.