02/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan qiymati 31,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 115,1 mingta televizor import qilingan.

Televizor importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 23,9 mingtaga oshgan.

Oʻzbekiston 16 ta davlatdan televizor import qilgan.

Oʻzbekiston 10 oy mobaynida eng koʻp televizor import qilgan davlatlar:

Xitoy – 65,5 mingta

Rossiya – 45,3 mingta

Indoneziya – 3,1 mingta

Polsha – 597 ta