19/12/2025

      “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-243-son Farmoni mazmuni va mohiyati mavzuida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda mazkur hujjatni asosiy maqsadi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi tashkil etilishi, uning ustuvor yoʻnalishlari va yangi boshqaruv tizimi haqida soʻz yuritildi.