Sirdaryo tumani statistika boʻlimida davlat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19 sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son Farmoni mazmun-mohiyati boʻyicha tegishli tushuntirishlar berilmoqda. Uchrashuv davomida statistika faoliyatiga oid bukletlar tarqatilmoqda.







