09/12/2025

     Joriy yilning 5-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasida “Konstitutsiya – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat kafolatidir!” hamda “Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaymiz!” mavzularida seminar tashkil etildi.

     Seminar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Saloxiddin Yaxyayev raisligida o‘tkazildi. Tadbirda boshqarma Bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova Konstitutsiyaning 33 yilligi munosabati bilan ma’ruza qilib, uning xalq xohish-irodasining oliy ifodasi ekanini va har bir fuqaro Konstitutsiyani bilishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Konstitutsiyaning tegishli moddalari aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.

     Bundan tashqari, “Ochiq eshiklar kuni” doirasida hamda 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bosh mutaxassis S. Axmedov korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va xalqaro hujjatlar yuzasidan ma’lumot berdi.