12/12/2025

     Viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati mavzuida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtmoqda. Xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda yangidan qabul qilinayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida xabardor boʻlishi uchun boshqarmada har haftaning juma kunlari “Huquqiy bilimlar kuni” tashkil etilgan.

     Sardoba tumani statistika boʻlimi bosh mutaxassisi Farxod Boltayev “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tuman Fermerlar kengashi buxgalterlar markazi xodimlariga rasmiy statistika, korrupsiyaga qarshi kurashish va statistika faoliyatiga oid boshqa bukletlarni tarqatmoqda.