Sayxunobod tumanida ham Xovos tumanida ham joylardagi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Quyidagi rasmlarda tuman statistika boʻlimlari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxhatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-173-son Farmoni boʻyicha tegishli tushuntirishlarni berib oʻtmoqda.
Mazkur tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad xalqimizning siyosiy jarayonlarga eʼtiborini va masʼuliyatini oshirishdir. Statistika xodimlari tomonidan bunday uchrashuvlar davomida aholini va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonining mazmuni, maqsadi hamda ushbu jarayonda axborot xavfsizligini taʼminlash choralari haqida batafsil maʼlumotlar berilmoqda.







