15/11/2022

Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 903,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 192 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 10 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi: 

meva va rezavorlar – 297 ming tonna

quritilgan meva va rezavorlar – 35,7 ming tonna

sabzavotlar – 733 ming tonna

piyoz – 185,4 ming tonna

karam – 135,2 ming tonna

pomidor – 65,8 ming tonna

uzum – 181 ming tonna

mayiz – 64,4 ming tonna

yeryongʻoq – 15,6 ming tonna

tarvuz-qovun – 134,3 ming tonna