Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, Oʻzbekiston havo yoʻllari tomonidan jami 6,4 ming tonna yuk tashilgan. Bu esa 2021- yilning yanvar-sentyabr oylarida tashilgan jami yuk hajmiga nisbatan 24,5 % ga koʻp demakdir.