11/11/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning oktabr oyida respublika boʻyicha 85 306 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 843 taga oshgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan tugʻilishlar soni:

Qoraqalpogʻiston R. – 4 199 ta

Andijon viloyati – 8 026 ta

Buxoro viloyati – 4 313 ta

Jizzax viloyati – 3 807 ta

Qashqadaryo viloyati – 9 286 ta

Navoiy viloyati – 2 186 ta

Namangan viloyati – 7 615 ta

Samarqand viloyati – 10 272 ta

Surxondaryo viloyati – 7 193 ta

Sirdaryo viloyati – 1 990 ta

Toshkent viloyati – 6 146 ta

Fargʻona viloyati – 9 365 ta

Xorazm viloyati – 4 800 ta

Toshkent shahri – 6 108 ta