Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 24 ta xorijiy davlatdan qiymati 31,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 23,6 ming tonna choy import qilgan.
Choy importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp choy import qilgan davlatlar:
Xitoy – 19,7 ming tonna
Keniya – 1,2 ming tonna
Eron – 614 tonna
Hindiston – 439 tonna
Indoneziya – 378 tonna
Shri-Lanka – 334 tonna
Rossiya – 258 tonna
BAA – 190 tonna