Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, mamlakat aholisining mobil aloqa bilan taʼminlanganlik darajasi 73,3 % ni tashkil etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayot mobil aloqa operatorlari orasida abonentlar soni boʻyicha yetakchi uchlikni “Beeline”, “Ucell” va “Uzmobile” kompaniyalari band etgan. Jami mobil aloqa bilan taʼminlangan abonentlar (jismoniy shaxslar)ning 79,8 % qismi mazkur 3 ta aloqa operatorlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.