Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan jami 3,1 ming tonna chinni idishlar ishlab chiqarilgan.
Chinni idishlar ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,2 % ga oshgan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan chinni idishlar ishlab chiqarishda eng yuqori ulush, 55,7 % bilan Samarqand viloyati hissasiga toʻgʻri kelgan. Viloyatda 1,7 ming tonna chinni idishlar ishlab chiqarilgan.