Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 21,2 mln. juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Oyoq kiyimlar eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 618,3 mming juftga kamaygan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
Qirgʻiz R. – 9,2 mln. juft
Tojikiston – 5,3 mln. juft
Qozogʻiston – 5,3 mln. juft
Afgʻoniston – 596 ming juft
Rossiya – 418 ming juft
2022-yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga eng koʻp oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 14,1 mln.
Fargʻona viloyati – 7,1 mln.
Samarqand viloyati – 6 mln.
Toshkent viloyati – 1,1 mln. AQSH dollari