02/11/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 38 ta xorijiy davlatlardan qiymati 12,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,7 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.

Oyoq kiyimlari importi hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 32,5 ming juftga kamaygan.

2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp oyoq kiyimlari import qilgan davlatlar:

Xitoy – 1,6 mln. juft

Turkiya – 877,6 ming juft

Vyetnam – 35,1 ming juft

Rossiya – 31,9 ming juft

Indoneziya – 14,6 ming juft

Italiya – 10,3 ming juft

Chexiya – 7,5 ming juft

Hindiston – 5,4 ming juft

Ispaniya – 2,7 ming juft

Portugaliya – 2,7 ming juft

Germaniya – 1,1 ming juft