01/11/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 190,0 trln. soʻmni tashkil etgan.

Shundan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 72,0 trln. coʻm miqdorida qayd etildi.

Oʻzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega boʻlgan investor davlatlar:

Rossiya – 21 %

Xitoy – 19,9 %

Turkiya – 10,4 %

Germaniya – 6,5 %

Saudiya Arabistoni – 4,6 %

Italiya – 3 %

Kipr – 2,7 %

Shveysariya – 2,6 %

Buyuk Britaniya – 2,1 %

AQSH – 1,8 %