Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 11 ta xorijiy davlatga qiymati 45,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 60 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Pomidor eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 13 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp pomidor eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 29,3 ming tonna
Qozogʻiston – 23,8 ming tonna
Qirgʻiz R. – 6,3 ming tonna
Tojikiston – 513 tonna
Mongoliya – 7,7 tonna
BAA – 2,5 tonna
9 oyida xorijga eng koʻp pomidor eksport qilgan hududlar:
Fargʻona viloyati – 17 ming tonna
Xorazm viloyati – 12 ming tonna
Buxoro viloyati – 6,7 ming tonna