01/11/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga 104,4 ming tonna banan import qilingan.

Banan importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 56,6 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp banan import qilgan davlatlar:

Ekvador – 103,5 ming tonna

Qozogʻiston – 426 tonna

Turkiya – 197 tonna

Hindiston – 144 tonna