Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga qiymati 71,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,7 mln. tonna sement import qilingan.
Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 416,4 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 9 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Tojikiston – 736,3 ming tonna
Qirgʻiz R. – 509,4 ming tonna
Qozogʻiston – 464 ming tonna
Eron – 13 ming tonna
Turkmaniston – 11,6 ming tonna
Xitoy – 1,4 ming tonna
Rossiya – 1,0 ming tonna