31/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 15 ta davlatga qiymati 28,6 mln. AQSH dollariga 171 ming tonna piyoz eksport qilgan.

Piyoz eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,8 ming tonnaga kamaygan.

Oʻzbekiston piyoz mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 133,5 ming tonna

Rossiya – 17,2 ming tonna

Qirgʻiz R. – 10,8 ming tonna

Pokiston – 5,1 ming tonna

 

2022-yilning 9 oyida xorijga eng koʻp piyoz eksport qilgan hududlar:

Jizzax viloyati – 32,3 ming tonna

Xorazm viloyati – 24,1 ming tonna

Toshkent viloyati – 20 ming tonna

Samarqand viloyati – 19,6 ming tonna