Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 882,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,3 % ga oshgan.
2022-yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:
yanvarda – 97,8 ming tonna
fevralda – 98,2 ming tonna
martda – 92,6 ming tonna
aprelda – 93,7 ming tonna
mayda – 92,7 ming tonna
iyunda – 87,7 ming tonna
iyulda – 99,6 ming tonna
avgustda – 106,2 ming tonna
sentyabrda – 113,4 ming tonna