28/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonga 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 2,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,7 ming tonna kivi import qilingan.

Kivi importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp kivi import qilgan davlatlar:

Eron – 3,1 ming tonna

Turkiya – 483 tonna

Xitoy – 122 tonna

Qozogʻiston – 33 tonna

Italiya – 8,4 tonna