Joriy yilning 27-oktabr kuni Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi va Sirdaryo viloyati kasaba uyushmasi kengashi bilan hamkorlikda, boshqarma tizim xodimlari ishtirokida, yig‘ilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu yig‘ilishida Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi U.Elmuratov, boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G.Jurayeva, Sirdaryo viloyati kasaba uyushmasi kengashi yuridik boʻlimi boshligʻi Sh.Umaraliyeva, Sirdaryo viloyati kasaba uyushmasi kengashi raisi o‘rinbosari A.Tadjiyev, boshqarma tizim xodimlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishni boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G.Jurayeva ochib berib, kun tartibidagi masalalar bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi va so‘zni Sirdaryo viloyati kasaba uyushmasi kengashi yuridik boʻlimi boshligʻi Sh.Umaraliyevaga berdi. Sh.Umaraliyeva o‘z so‘zida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnat Kodeksi”, Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonun”, ”Jamoa shartnomasi”, “Ichki mehnat tartib qoidalari” boʻyicha tushuntirishlar berib o‘tdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi U.Elmuratov so‘zga chiqib, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi o‘rtasida imzolangan “Jamoa shartnomasi”da ish beruvchi va xodimlar o‘rtasida xuquqiy munosabatlar va majburiyatlar belgilab qo‘yilganligini aytib, tizimda faoliyat yuritayotgan xar bir xodim mehnat intizomiga qat`iy rioya etishi shart ekanligini, doimiy ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishi, ustoz-shogirt an`anasi doirasida ishlarni tashkil etishlari lozimligini aytib o‘tdi va “ Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta`minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi № 595-sonli qarorni tizim xodimlariga o‘qib eshittirib, barcha tizim xodimlari ushbu odob-axloq qoidalarga qat`iy rioya etishi kerakligini takidlab so‘zini yakunladi.
Yig‘ilish yakunida Sirdaryo viloyati kasaba uyushmasi kengashi raisi o‘rinbosari A.Tadjiyev yig‘ilish ishtirokchilariga boshqarmada kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tizim xodimlari o‘rtasida doimiy ravishda xar-xil tadbirlar o‘tkazib borish, sayohat va ziyoratgohlarga borishni tashkillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berib o‘tdi va tizim xodimlari tomonidan berilgan barcha savollarga javob berdi.