27/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida umumiy maydoni 10 655,6 ming kv.m turar joy ishga tushirilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 % ga oshgan.

2022-yilning 9 oyida foydalanishga topshirilgan turar-joylarning:

yakka tartibda qurilgan turar-joylar – 10278,9 ming kv.m

namunaviy loyihalar asosida qurilgan turar-joylar – 217,3 ming kv.m

boshqa subyektlar tomonidan qurilgan turar-joylar – 159,4 ming kv.m