Joriy yilning 26-oktabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizim xodimlari va tadbirkorlik subyektlariga “Korrupsiya-davr kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida, tizim xodimlari va tadbirkorlik subyektlariga, korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda oʻzining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaati yo‘lida foyda olishligi, eng avvalo, jamiyat taraqqiyotiga toʻsqinlik qiladigan, mamlakatdagi mavjud qonunlarga nisbatan ishonchsizlik hamda hurmat qilmaslik ruhini vujudga keltiradigan salbiy illatligi, mazkur illat, demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi va korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan shaxs qonun yo‘li bilan jazoga tortilishi muqarrar ekanligi, shunday ekan korrupsiyaga qarshi kurashishga xar birimiz birdek mas`ul ekanligimiz to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.