Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 9,5 mln. AQSH dollariga teng qariyb 16 ming tonna xurmo eksport qilgan.
Xurmo eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,3 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp xurmo eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 8,2 ming tonna
Qozogʻiston – 6,5 ming tonna
Qirgʻiz R. – 553 tonna
Turkmaniston – 422 tonna
Belarus R. – 206 tonna
Mongoliya – 4,4 tonna