Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga oxirgi 4 yilda 991 ta, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 1629 ta elektromobil import qilingan.
Oʻzbekistonga oxirgi 5 yilda 17 ta davlatdan jami 2620 ta elektromobil import qilingan.
Soʻnggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:
2018-yilda – 13 ta
2019-yilda – 39 ta
2020-yilda – 130 ta
2021-yilda – 809 ta
2022-yil yanvar-sentyabr – 1629 ta
Maʼlumot oʻrnida, soʻnggi 5 yil mobaynida import qilingan jami elektromobillar uchun 71,8 million AQSH dollari sarflangan.