25/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 3,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,9 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 228 tonnaga kamaygan.

2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 1,9 ming tonna

Qozogʻiston – 677 tonna

Qirgʻiz R. – 332 tonna

 

Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:

Fargʻona viloyati – 1,2 ming tonna

Xorazm viloyati – 511 tonna

Toshkent viloyati – 411 tonna

Namangan viloyati – 246 tonna