21/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 49 ta xorijiy davlatlarga qiymati 161 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 180 ming tonna uzum eksport qilgan.

Uzum eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 39,4 ming tonnaga oshgan.

Oʻtgan 9 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp uzum eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 96,8 ming tonna

Qozogʻiston – 37,8 ming tonna

Qirgʻiz R. – 12,2 ming tonna

Xitoy – 6,3 ming tonna

Turkiya – 5 ming tonna

BAA – 3,8 ming tonna

Belarus – 2,8 ming tonna

Iroq – 2 ming tonna

Ozarbayjon – 1,8 ming tonna

Eron – 1,8 ming tonna