21/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 12,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 12 ming tonnadan ortiq anor eksport qilgan.

Anor eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 2022-yilning 9 oyida eng koʻp anor eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 7,2 ming tonna

Qozogʻiston – 3,2 ming tonna

Qirgʻiz R. – 731 tonna

Tojikiston – 560 tonna

 

9 oyda xorijga eng koʻp anor eksport qilgan hududlar:

Fargʻona viloyati – 3,9 ming tonna

Namangan viloyati – 1,5 ming tonna

Toshkent viloyati – 1,4 ming tonna

Qashqadaryo viloyati – 1,3 ming tonna