2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 8408,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 110,5 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 57,0 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 4793,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.