”21-oktabr Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan, respublika miqyosida “Qadring baland bo‘lsin ona tilim!” shiori ostida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 20-oktabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi va viloyat ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilarida o‘zgacha taassurotlar qoldirib, ularda o‘zbek tiliga bo‘lgan faxr va iftixor tuyg‘ulari yanada ortishiga zamin yaratdi
Shuningdek tadbirda viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi tomonidan, ishtirokchilar o'rtasida savol javob o‘tkazildi va g‘oliblar o‘zbek tilining bebaho durdona asarlari bilan taqdirlanishdi.